Tishlarni plombalash

Tishlarni plombalash – plomba qo‘yish yo‘li bilan tishning anatomik shaklini tiklash bo‘yicha standart jarayondir.

Stomatologiya amaliyotida turli xil plomba materiallari qo‘llaniladi: oltin qotishmasi, farfor, simob, kumush, qalay, rux va mis amalgamasi yoki kompozit plastmassa, shisha-ionomer va keramika materiallari.

Og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenasi ko‘ngildagidek emasligi, shirinliklarni keragidan ortiqcha iste’mol qilish, chekish, qahva, shuningdek, genetik moyillik emalning yaxlitligini buzishga va kariyes paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Shikastlanish chuqurligiga qarab, kariyes quyidagicha bo‘ladi:

  • Boshlang‘ich kariyes.
  • Yuzaki kariyes.
  • O‘rta kariyes.
  • Chuqur kariyes.

Bizning «Smile Concept» klinikamizda har qanday turdagi kariyesni davolash og‘riqsiz amalga oshiriladi. Yetakchi ishlab chiqaruvchilarning premium plombalash materiallaridan foydalaniladi.