Tishlarni oqartirish
Mexanik usul
Bu mexanik tozalash bo‘lib, unda maxsus ustliklar qo‘llaniladi. Ushbu usulning afzalliklari tishlardagi to‘planib qolgan narsalar, qoplamni samarali olib tashlash, kariyes va milk yallig‘lanishining oldini olishdir. Jarayondan so‘ng tish shifokori tishlarga emalni himoya qiluvchi vosita bilan ishlov beradi.
Foto-oqartirish
Ushbu usul rangni maksimum 8-10 darajaga oqartirish imkonini beradi. Jarayonda tish shifokori vodorod peroksidni o‘z ichiga olgan tegishli oqartiruvchi geldan foydalanadi va uni tegishli nurlanish bilan faollashtiradi. Galogen, ultrabinafsha va svteodiod (LED chiroq nurlanishi) qo‘llanishi mumkin. Bitta jarayon amaliyot 15 dan 30 minutgacha davom etadi. Foto-oqartirishdan so‘ng, sezgirlikni kamaytirish va emalni himoya qilish uchun tishlarga ftorni o‘z ichiga olgan vosita qo‘llaniladi.
Kimyoviy oqartirish
Bu yumshoq usullardan biri, shuning uchun tishlaringiz atigi 5-7 darajaga oqarishi mumkin. Oqartiruvchi gel emal ustiga teng taqsimlanadi. Agar siz buni mutaxassis bilan qilsangiz, u yuqori konsentratsiyali oqartiruvchi kompozitsiyani qo‘llaydi. Bu jarayonda yumshoq to‘qimalarga zarar yetkazilmasligi uchun oldindan milklaringiz lateks plastinka bilan himoya qilinadi. Bunday holda, na lazer, na ultrabinafsha nurlar ishlatilmaydi. Agar bemorda polimer plomba, koronka, vinir bo‘lsa, kimyoviy bonding mumkin emas.
Intrakanal oqartirish
Bu shuningdek, endo-oqartirish deb ataladi. Agar davolanish va kanalni plombalashdan keyin tish juda qoraygan bo‘lsa, bu usul taklif qilinishi mumkin. Shifokor tishni tayyorlaydi, u yerga maxsus birikma qo‘yadi va keyin uni plombalaydi. Natijaga erishilgandan keyin tish tiklanadi.
Lazerli oqartirish
Aytishimiz mumkinki, hozirda lazerli oqartirish tishlarni oqartirishning eng xavfsiz usuli bo‘lib, juda mashhurdir. Uning ta’siri uzoq muddatli. Shuning uchun, boshqa usullar bilan solishtirganda, narxi qimmatligiga qaramay, bu usul juda foydali hisoblanadi.
Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:
- rangi bir xil bo‘lishi uchun tishlarning qoplam va toshlardan tozalanadi.
- bemorning og‘ziga lablar, yonoqlar va shilliq to‘qimalarni oqartiruvchi vositadan asrashga yordam beradigan retraktor o‘rnatiladi.
- milk chetiga suyuq kofferdam (maxsus chiroq ta’sirida qattiqlashadigan polimer) suriladi. Bemorga ko‘zlarini himoya qilish uchun ko‘zoynak taqiladi.
- stomatolog emalga maxsus gel surtadi.
- lazerning faol ta’siri ostida kompozitsiya faollashadi. Kislorod molekulalari tish emalining chuqur qatlamlariga kirib, u yerda to‘plangan pigmentatsiyani olib tashlaydi. Har bir tishni qayta ishlash uchun taxminan 1-2 daqiqa vaqt ketadi.
- jarayon oxirida shifokor tishlarni kaltsiy va ftor aralashmasi bilan davolaydi. Bu emalni mustahkamlashga yordam beradi.