Shaffof elaynerlar

Elaynerlar tishlar uchun shaffof himoya vositasi (kappa) bo‘lib, breketlarning zamonaviy texnologik muqobilidir. Kappa maxsus dasturlar yordamida yuqori texnologiyali plastmassadan tayyorlanadi va 3D printerda yaratiladi.

Shaffof kappa tishlarning  qiyshiqligini tuzatish, diastema, trema, protruziya, intruziya, retruziya hamda yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi boshqa muammolardan xalos bo‘lish uchun ishlatiladi. Elaynerlar, qoidaga ko‘ra, murakkab tishlam muammolarini tuzatmaydi.

Elaynerlar noto‘g‘ri tishlamni estetik jihatdan tuzatishni amalga oshiradi.

Breketlardan farqli o‘laroq, shaffof kappalarni kiyganda, hatto yaqin masofada ham deyarli ko‘rinmaydi. Qo‘shimcha bonus – kappa yaltiroq bo‘lib, tishlaringizga yorqinlik qo‘shadi.

Breketlar tishlarda qanday ko‘rinishini hamma ham yoqtirmaydi. Ba’zida breket taqishdan bosh tortishda vizual ko‘rinish hal qiluvchi bo‘ladi. Elaynerlar tishlarga imkon qadar yaqinroq joylashadi. Bundan tashqari, kappa olib tashlanishi mumkin. Ovqatlanish hech qanday muammo tug‘dirmaydi, chunki ovqat paytida elayner olib qo‘yiladi.