Paradontologiya

Parodontit keng tarqalgan va ko‘pincha yetarlicha ahamiyat berilmaydigan kasallik bo‘lib, u oddiy milk yallig‘lanishi sifatida boshlanadi va tishlarning yo‘qolishiga olib keladi.

Parodont kasalligini sababi milk chetidagi bakterial infeksiyalardan kelib chiqadi. Birinchidan, tishlar atrofida peridontal cho‘ntaklar hosil bo‘ladi. Tozalab bo‘lmaydigan bu cho‘ntaklarda bakteriyalar erkin ko‘payishi mumkin, buning natijasida rivojlangan bosqichda jag‘ suyagi ham shikastlanadi. Davolanmasa, bularning barchasi tishlarning qimirlab qolishiga va ularning yo‘qotilishiga olib keladi.

Milkni davolashdan maqsad- bakteriyalarni yo‘qotish va peridontal cho‘ntaklarni bemor mustaqil ravishda chaynash apparatini sog‘lom saqlab qolishi mumkin bo‘lgan darajagacha kamaytirishdir.

Davolash bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, har bir mijoz uchun individual rejalashtiriladi:

  • peridontal cho‘ntaklarning chuqurligini elektron o‘lchash va parodont to‘qimalarning holatini aniqlash;
  • tegishli qo‘zg‘atuvchilarni maqsadli yo‘naltirilgan tarzda yo‘q qilish uchun bakteriologik tahlil;
  • peridontal cho‘ntakni tozalash va ildizlarning sirtini tekislash (tish cho‘kindilarini olib tashlash va silliqlash);
  • qimirlab qolgan tishlarni shinalash;
  • peridontal cho‘ntaklarni yopish uchun milk jarrohligi (suyaklarni modellashtirish, suyak nuqsonlarini bartaraf etish);

Milk retsessiyasi

Plastik operatsiyalarga o‘xshash operatsiyalar tishning ochiq bo‘ynini muvaffaqiyatli va uzok vaqtli yopish imkonini beradi. Og‘irlik darajasiga qarab, kerakli natijaga erishish uchun biriktiruvchi tanglay to‘qimalarini transplantatsiyasi ham talab qilinishi mumkin.