Keramik vinirlar va qoplamalar

Agar old tishlaringizning rangi yoki shakli sizga yoqmasa, vinirlar o‘rnatish buni tuzatadi va tabassumingiz chiroyli bo‘ladi. Kariyesni davolashdan so‘ng keramik qoplamalarni mahkamlash tishlaringizni mustahkam saqlashga imkon beradi.

Vinirlar eng nozik keramika qoplamalardir. Ular oldingi tishlarga o‘rnatiladi va tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartiradi. Vinirlar yordamida tishlaringiz chiroyli tekis shaklga ega bo‘ladi va tabassumingiz qorday oq rangli bo‘ladi!

Nima sababdan vinirlar estetik tashqi ko‘rinish baxsh etadi? Chunki keramika tabiiy emalga juda o‘xshab ketadi — u yarim shaffof, yaltiraydigan va yoruqg‘likning sinishi samarasini yaratadi.

Vinirlar qanday kamchiliklarni bartaraf qiladi?

  • emal sariqligi
  • darz va yoriqlar
  • notekis shakl
  • qiyshiqlik
  • oraliq kattaligi

Keramik qoplamalar agar u jiddiy – 50% dan ortiq shikastlangan bo‘lsa, tishning shaklini tiklash uchun kerak bo‘ladi. Bu holda qoplama plombaga qaraganda ancha samaralidir. U tishning barqarorligini saqlashga imkon beradi.

Keramik vkladka alohida yaratiladi. Kariyesni davolagandan so’ng doctor tishni qolipini oladi. Olingan qolip laboratoriyaga jo’natiladi va shu qolip assosida vkladka yaratiladi. Oqibatda, vkladka tishning emirilgan qismini butunlay to’ldiradi.