Biz haqimizda


SMILECONCEPT – O‘zbekistondagi ortodontiya va estetik stomatologiyaning ilg‘or Yevropa texnologiyalariga asoslangan birinchi ortodontik klinika.
Har bir bemorga alohida yondashuv. Yevropa stomatologiya va diagnostika uskunalarining eng yaxshi namunalari bilan jihozlangan klinika ortodontlari va stomatologlarining xalqaro tajribasi va yuqori professionalligi bizga tishlamni tuzatish va tish protezlashning ajoyib natijalariga erishish imkonini beradi.
Davolash natijalarining kafolati – klinikamizning shioridir.
Yuqori malaka va kamida 20 yillik xalqaro tajriba ortodontlarimizning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bundan tashqari, bemorlarimizning sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilib, protokolga muvofiq har bir shifokor har olti oyda OITS, gepatit va boshqa shu kabi kasalliklarning yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat oladi.
Xavfsizlik
Bizning klinikamizda 5 bosqichli dezinfeksiya va sterilizatsiya darajasi eng yuqori darajada stomatologiya va jarrohlikda infeksion xavfsizlik bo‘yicha Yevropa direktivasiga mos keladi. Bemor uchun individual asboblar to‘plamini yaratish imkoniyati mavjud.
Klinikada tibbiy sterilizatsiya sohasida yetakchi EURONDA italyan kompaniyasining sterilizatsiya tizimlari o‘rnatilgan. Ushbu ishlab chiqaruvchining avtoklavlari stomatologik va jarrohlik asboblarining mutlaq sterilligini kafolatlaydi.
Bizning niyatimiz
Biz quyidagilarni qo‘llash yo‘li bilan ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha maxsus kontseptsiya asosida Toshkent shahrida mohiyatan birinchi ortodontiya klinikasini ochishga qaror qildik:
- Yevropa va AQShdan ilg‘or stomatologik va ortodontik uskunalar
- Butun dunyodan tishlarni tuzatish, protezlash va implantatsiya qilish uchun xalqaro uslubiyatlar va innovatsion materiallar
- Ortodont-stomatolog qabulida bemorlarimizning xavfsizligi uchun dezinfeksiya va sterilizatsiya bo‘yicha Shveytsariya protokoli
- Xalqaro ish tajribasiga ega va o‘z kasbiga fidoyi yuqori malakali mutaxassis ortodontistlar.
- Har bir tibbiy protsedura sifatini ko‘p bosqichli nazorat qilish.
- Bemorlarimiz uchun ular organizmining eng muhim xususiyatlarini hisobga olgan holda individual davolash rejasi
Biz har kuni klinikamiz eshiklarini aynan siz uchun ochamiz va ishonchingiz komil bo‘lsinki, siz zamonaviy ortodontiyadagi eng yaxshi xizmatlarni olasiz.

Bizning ofisimiz
Klinika Toshkent shahrining markazida, eng nufuzli biznes-markazlardan biri ORIENT BUSINESS CENTER da joylashgan. Mamlakatimizning boshqa viloyatlarida va yaqin xorijda yashaydigan bemorlar uchun bizning yonimizda joylashgan Wyndham Tashkent va City Palace Tashkent kabi mehmonxonalar mavjud bo‘lib, klinikamizda davolanish vaqtida bu mehmonxonalarda yashash mumkin.
«Smile Concept» klinikasiga tashrif buyurganda avtomobilni qayerga qo‘yish muammosi bo‘lmaydi. ORIENT BUSINESS CENTRE biznes markaz hududida mijozlarimizga maxsus joylar taqdim etiladi.
Klinikamizga kelish uchun metropolitendan foydalanuvchi mijozlar uchun «Abdulla Qodiriy» bekatigacha yo‘l atigi 5 daqiqa vaqt oladi.
«Smile Concept» bu o‘z sog‘lig‘i va vaqtini qadrlaydigan va ilg‘or ortodontik davolash, implantatsiya va tishlamni tuzatish usullarini tanlaganlar uchun Toshkentdagi premium ortodontik klinikadir.